Asli rumlik bo‘lgan Hoji Xayriddin Rumiy Xojagiy Emkanagiyni tushida ko‘rib, Rumdan Movarounnahrga keladi va Emkanagiyning suhbatlarida kamol topib, undan xalifalik izni olgach, yurtiga qaytadi va xalqini irshod qiladi.
Xojagiy Emkanagiy xalifasi Muhammad Boqiyga: «Hindistondan bir imom zuhur etajak va asrning ma’naviy peshvosi bo‘lajak. Haq taolo sen orqali unga o‘z eshiklarini ochajak. Darhol uning oldiga bor. Chunki ahlulloh uning kelishiga muntazirlar», — deydi. Muhammad Boqiy hamon Hindistonga yo‘l oladi. Haqiqatan, keyingi ming yillikda dinni yangilovchi (mujaddid) bo‘lgan Muhammad Foruq (Imom Rabboniy) unga murid bo‘ladi va islom tasavvuf olamida ulkan nufuzga ega bo‘ladi.
«Purkaram» deya sifatlangan Xojagiy Muhammad Emkanagiy o‘zidan keyin Xoja Muhammad Boqi (Boqibilloh), Xoja Abulqosim (yoki Muhammad Qosim) (o‘g‘li), Muhammad Sobir, Xoja Ahmad, Muhammad Sa’id, Hoji Abdulaziz, Hoji Xayriddin Rumiy, Mavlono So‘fiy Aliobodiy, Xoja Latif Kandibodomiy, Muhammad Fozil Badaxshiy, Ya’qub Sarfiy Kashmiriy kabi xalifalariga irshod berib, shayxlik qilishga ijozat berganlar. Emkanagiy hazratlaridan so‘ng sarhalqa silsilani Muhammad Boqibilloh hazratlari davom ettirganlar. Bu zot Imomi Rabboniyni yetishtirib, u kishiga irshod ijozati berganlar. Imomi Rabboniydan so‘ng ham bu «silsilai oliyai naqshbandiya» Allohga shukrki, o‘z egalari tomonidan bizning davrimizga qadar davom etib kelayotir. O’ylaymiz va ishonamizki, inshaalloh, bu silsilai sharif qiyomatga qadar davom etadi va insoni-yatni haqiqat yo‘liga, sunnat yo‘liga da’vat etishda davom etadi. Alloh bizlarni ham shu aziz va pok insonlar izidan borishga muvaffaq aylasin.
S.Sefullah, N.Hasan
_________________
İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur. Hz.Ali r.a.
|