Xoja Muhammad Porso hazratlari «Fasl ul-xitob» («Tavhidga kirish») nomli asarida Abdulxoliq G’ijduvoniy hazratlaridan shunday bahs qiladi: «Xojai Jahon mutloq suratda shayxi komil, muhaqqaq suratda qutbi zamon, matlai anvor, manbai asror, haqoyiq va maoniyning mukoshifi Hazrati Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy (Al-loh sirrini muqaddas qilsin)dirki, uning usuli bu tariqatda hujjat va butun tariqatlararo maqbuldir. U har on sidqu safo yo‘lida bo‘lgan. Hazrati Mustafo (s.a.v.)ning sunnatidan ajralmagan, bid’at va hoyu havasdan har lahza muxolafatda bo‘lib saqlangan, pok siyrati begonalardan yashirin qolgan...»
Naql qilinadiki, ashuro kunlaridan birida talabalari unga xizmat qilish uchun yig‘ilgan edilar. Hazrati Xoja ma’rifatdan bahs etardilar, nogahon ustida xirqa, yelkasiga joynamoz tashlagan zohidsifat bir yigit kelib, bir burchakka o‘tirdi. Hazrati Xoja unga qaramadilar. Bir soat o‘tgach, yigit oyoqqa turib dediki: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Mo‘‘minning farosatidan saqlaning, chunki u Allohning nuri bilan boqadi», — deb buyurganlar. Buning siri nima?» hazragi Xoja aytdilarki: «Bu hadisning siri, belingdagi zunnoringni kesib, iymon keltirishingdir». Haligi yigit: «Alloh asrasin, bizda zunnor nima qiladi?» — dedi. Shunda Hazrati Xoja bir darveshga uni taftish qilishga buyurdi. Darvesh turib, yigitning ustidan xirqasini yechadi. Ostida zunnori ko‘rinadi. Bu g‘ayridin yigit, darhol zunnorini qirqdi va iymon keltirdi. Hazrati Xoja buyurdiki: Ey birodarlarim, keling biz ham bu yangi mo‘‘min kabi zunnorlarimizni kesib, iymon keltiraylik. U zohiriy zunnorini qanday kesgan bo‘lsa, biz ham botiniy zunnorlarimizni kesaylikki, bu zunnor kishining o‘z ibodatiga mag‘rurlanishidir. Shu yo‘limizga g‘ov bo‘layapti».
Hazrati Xoja amrlaridan keyin muridlar o‘z kibrlaridan ogoh bo‘ldilar va hazrati Xojaga tashakkur aytib, oyoqlariga yiqildilar, tavba qildilar.
_________________
İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur. Hz.Ali r.a.
|