ABDUXOLIQ G‘IJDUVONIY MAQBARASI
G‘ijduvon tumanining markazida XV–XVI asrlarga mansub Ulug‘bek madrasasi va Abduxoliq G‘ijduvoniy mozori bo‘lib, me’moriy obidalarning faqat xarobalari saqlangan. Abduxoliq G‘ijduvoniy xojagon darveshlar tariqatining asoschisi. Shayx shu qishloqda tug‘ilib, 1179–80 yili shu yerga dafn etilgan. Abduxoliq G‘ijduvoniy sharafiga 1433 yili Ulug‘bek tomonidan madrasa qurdirilgan. Madrasa bilan birgalikda Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasining ustiga Sulton bir inshoat (dahma) qurishni buyuradi. Madrasaning tashqari qismida, Hazrat maqbarasi yonida quduq, chillaxona va minora bunyod etilgan. Ikki asr o‘tgach, mazkur dahma Abdulaziz ibn Ubaydulloxon buyrug‘i bilan ta’mirlangan.
_________________
İlim servetten daha kıymetlidir. Çünkü, serveti sen korursun, halbuki ilim seni korur. Hz.Ali r.a.
|